24 aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida “Talabalar tibbiyot ilmining zamonaviy yutuqlari” V-talabalar xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo’lib o’tdi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi:
- Talabalarning tibbiy tayyorgarlik darajasini oshirish;
- Amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash;
- Yuqori texnologiyali tibbiyot yo‘nalishlarida bilim almashish;
- Ilmiy-innovatsion loyihalarni keng jamoatchilikka taqdim etish.
Tadbir gibrid shaklda o‘tkazildi va unda AQSH, Italiya, Frantsiya, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Yaponiya, Rossiya va boshqa 35 dan ortiq davlatlarning 1000 nafarga yaqin talabalari ishtirok etdidilar.
9 ma’ruzadan iborat bo’lgan travmatologiya va neyroxirurgiya sektsiyasida Sharodiya Das va Qahhorov Muhammadyusuf Sattorali o‘g‘li faxrli 1 o’rinni egalladilar.
Bu konferentsiya — zamonaviy tibbiyot ilmi yo‘lida yangi avlod vakillarini birlashtiruvchi muhim maydon bo‘ladi degan umiddamiz!