2025 yil may-iyul oylarida AQSh Orlando Health Arnold Palmer bolalar kasalxonasida kafedramiz dotsenti PhD Axmediyev Toxir Maxmudovich malaka oshirish davomida rejali va shoshilinch jarrohliklarni o’z ichiga olgan ko’plab bolalar neyroxirurgik amaliyotlarini kuzatish sharafiga muyassar bo’ldi. Axmediyev T.M. kundalik jarrohliklarda, ambulator ko’riklarda va yondosh mutaxassislar konsiliumlarida qatnashdi.
Axmediyev T.M. guvoh bo’lgan ko’plab jarrohlik muolajalar orasida:
* Bolalarda bosh miya o’smasini olib tashlash;
* Kraniosinostoz jarrohligi, shu jumladan endoskopik amaliyotlar;
* Epilepsiya jarrohligi (funktsional, rezektiv, neyrostimulyatsiya usullari)
* Orqa miya disrafizmi (spina bifida) jarrohligi
* Gidrosefaliya jarrohligi, shu jumladan endoskopik uchinchi qorincha fenestratsiyasi + yangi tug’ilgan chaqaloqlarda qon tomir tutami koagulyatsiyasi (ETV+CPC) muolajalari.
* Orqa miya disrafizmi (spina bifida) ona qornida (fetal) jarrohligi.