2025-yil 21-22-fevral kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasida “Akademik V.V. Vohidov” nomidagi jarrohlik bo‘yicha I talabalar olimpiadasi bo’lib o’tdi

2025-yil 21-22-fevral kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasida “Akademik V.V. Vohidov” nomidagi jarrohlik bo‘yicha I talabalar olimpiadasi bo’lib o’tdi. Unda TTA va bir qator boshqa oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xirurgik yo’nalishli kafedralardan bakalavriat talabalaridan iborat 10 ishtirokchidan tashkil topgan jami 12 jamoa qatnashdi. Xususan olimpiadada jarrohlik tugunlarini bog’lash, anatomiya, kraniotomiya, plastik jarrohlik, qorin bo’shlig’i jarrohligi, desmurgiya, Axill payi choki, jarrohlik asboblarini bilish kabi topshiriqlar bajarildi. 2 kun davom etgan qizg’in olimpiadada umumjamoa hisobida TTA 2-Davolash fakulteti 2-son Travmatologiya, ortopediya, HDJ va neyroxirurgiya kafedrasining “Surgitas” jamoasi g’olib bo’ldi.

Kafedra jamoasini tayyorlashda katta xissa qo’shganlar qatorida kafedramiz mudiri t.f.d. Xujanazarov I.E., dotsentlar Qosimov A.A. va Axmediyev T.M., o’quv ishlariga mas’ul Boboyev B.A., assistent Amonov A.A. larga minnatdorchilik bildiramiz.    

This post is also available in: Russian English

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.