Saint Louis universiteti ortopediya xirurgiyasi departamenti rahbari, professor Djoldas Kuldjanov tashriflari va mahorat darsi

2022 yil 21-23 aprel kunlari Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya kafedrasiga bizning hamyurtimiz, taniqli ortoped, AQShning yetakchi klinikalaridan biri – Saint Louis universiteti ortopediya xirurgiyasi departamenti rahbari, professor Djoldas Kuldjanov tashrif buyurdilar. Tashrif davomida professor D. Kuldjanov og’ir ortopedik patologiyaga ega 20 dan ortiq bemorga maslahat berdi va displastik koksartroz hamda  tizzaning qo’shma deformatsiyalari bo’lgan bemorlarda 5 ta endoprotezlash operatsiyasini o’tkazdi, shuningdek endoprotezlash sirlari bo’yicha ma’ruzalar o’qidi.

Ta’kidlash joizki, professor D. Kuldjanov muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish bo’yicha keng ko’lamli ishlarga o’z hissasini qo’shish chaqirig’iga birinchilardan bo’lib javob berdi.

Kuldjanov – Qoraqalpog’istonda tug’ilgan. Samarqand tibbiyot instituti bitiruvchisi, bir necha yil Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi ortopediya bo’limi mudiri bo’lib ishlagan. Hozirgi vaqtda Amerika qo’shma shtatlarida 30 yildan ko’proq vaqt davomida ishlamoqda. Uzoq yillar davomida MDH davlatlaridan kelgan shifokorlarni universitet klinikasida o’qitadi, Rossiya, Qirg’iziston, Qozog’iston va dunyoning boshqa davlatlaridagi yetakchi markazlarida mahorat darslarini olib boradi. Bir necha bor AQShning eng yaxshi shifokori deb tan olingan.

Tashrif davomida professor D. Kuldjanov hamda Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori professor Irismetov M.E. va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya kafedrasi mudiri t.f.d. Xo’janazarov I. E. o’rtasida kelgusi hamkorlik ishlari rejalashtirildi.

 

 

This post is also available in: Russian English

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.