Toshkent tibbiyot akademiyasida 21-mart Navro’z umumxalq bayrami tantanali nishonlandi

O’zbek milliy akademik drama teatrida 2022-yil 17-mart kuni bayram munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda, Akademiyaning barcha professor-o’qituvchilari, xodimlari ishtirok etdi. Bayram tadbirida yig’ilganlarni Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor Shadmanov Alisher Kayumovich muborakbod etib, ezgu tilaklarni bildirdi.

Tadbir davomida, ko’p yillar tibbiyot akademiyasida faol mehnat qilgan faxriylar hamda Navro’z bayrami munosabati bilan O‘zbek milliy akademik drama teatrida o‘tkaziladigan tantanali bayram tadbirida yil davomida alohida yutuqlarga sazovor bo‘lgan fakultet, kafedra va bo‘limlar turli nominatsiyalar asosida esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Xususan “2-son Travmatologiya, ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya” kafedrasi 2021 yilda ilmiy ishlarda eng faol kafedra nominatsiyasida g’olib deb topildi. Sovrinni kafedramiz mudiri, tibbiyot fanlari doktori Xujanazarov Ilxom Eshkulovich tantanali ravishda qabul qilib oldilar.

Tadbir so’ngida, Milliy akademik drama teatri direktori Yodgor Sa’diyev barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. Undan so’ng, teatr jamoasining bayram tuhfasi namoyish qilindi.

 

This post is also available in: Russian English

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.