2025 yil 4-6 sentabr kunlari ko’xna Xiva shahrida O’zbekiston neyroxirurglari 4-anjumani yuqori saviyada tashkillashtirildi. Ushbu anjuman Markaziy Osiyo Neyroxirurgiyasining rivojlanishida navbatdagi bosqich sifatida tarixiy o’rin tutdi, zotan ushbu anjuman shu formatdagi anjumanlarning 4-ekanligini ta’kidlash lozim. Anjuman davomida sohaning deyarli barcha yo’nalishlarida qilingan ilmiy ma’ruzalar o’z ilmiy yangiliklari, amaliy ahamiyati, innovasiyalarning turli-tumanligi, qatnashuvchilarning geografiyasi kengligi bilan yanada qiziqarli va foydali bo’lganligini ta’kidlash mumkin. Ayniqsa, anjuman doirasida o’tkazilgan «endovaskulyar xirurgiya va qon tomirlar anastomozlari hosil qilish», «Radioxirurgiya», «Bosh miya qon tomirlari ochiq xirurgiyasi» bo’yicha o’quv-amaliy ta’lim kurslari (workshop) yosh neyroxirurglarning amaliy ko’nikmalarini hosil qilishda juda ham foydali bo’lganligini alohida aytish mumkin.
Bolalar neyroxirurgiyasi sektsiyasida kafedramiz dosenti Axmediyev Toxir Maxmudovich o’z ma’ruzasi bilan ko’plab olqishlarga sazovor bo’ldi. Kelgusi ilmiy izlanishlarda zafarlar yor bo’lsin.