Belarusiya Respublikasi Gomel tibbiyot universiteti talabalarining Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-son Travmatologiya-ortopediya, HDJ va neyroxirurgiya kafedrasiga tashrifi bo’lib o’tdi.

Belarusiya Respublikasi Gomel tibbiyot universiteti talabalarining Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-sonli Travmatologiya-ortopediya, HDJ va neyroxirurgiya kafedrasiga tashrifi bo’lib o’tdi.

Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ostonasida besh nafar talabadan iborat delegatsiyani kafedraning katta o’qituvchisi U.X. Suvonov kutib oldilar.

Kafedra mudiri I.E. Xo’janazarov delegatsiya ishtirokchilarini qabul qildilar va talabalar bilan suhbat o’tkazdilar, Travmatologiya va ortopediya bo’yicha milliy maktabning shakllanish tarixi, bugungi faoliyati va kelajak istiqbollari haqida so’zlab berdilar.

Kafedra mudiri I.E. Xo’janazarov bilan birgalikda talabalarga kafedraning asosiy bazasi bo’lmish Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo’limlari bo’ylab ekskursiya o’tkazildi. Talabalar markaz va kafedra faoliyati bilan tanishdilar, mahalliy talabalar bilan mashg’ulotlarda qatnashdilar.

Ushbu tashrif Rossiya xalqlar do’stligi universiteti Travmatologiya va ortopediya kafedrasi mudiri, professor, Rossiya fanlar akademiyasi muxbir a’zosi Zagorodniy Nikolay Vasilevichning tashrifiga to’g’ri keldi. Shuni ta’kidlash kerakki, Nikolay Vasilevich kafedraning strategik hamkori bo’lishga mamnuniyat bilan rozi bo’ldilar va ta’lim muassasalarimiz o’rtasida yanada samarali hamkorlikka ishonch bildirdilar.

Talabalarning tashrifi bir kun davom etgan bo’lsa-da, u voqealarga boy bo’ldi. Oliy ta’lim muassasalarimiz talabalari tashrifdan juda mamnun bo’lib, bir-birlari bilan aloqani yo’qotmaslikka va’da berdilar.

Tashrif Toshkentning diqqatga sazovor joylariga kichik ekskursiya va albatta, milliy taomlarni tatib ko’rish bilan yakunlandi.

This post is also available in: Russian English

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.