2024 yil 5 mart kuni Milliy akademik drama teatrida 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va konsert dasturi tashkil etildi

2024 yil 5 mart kuni Milliy akademik drama teatrida 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Mehringiz va matonatingiz oldida ta’zimdamiz ayollar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbirni ochib berish va tabrik so‘zi uchun so’z Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori v.v.b., professor Baymuradov Shuxrat Abdujalilovichga berildi. Undan so’ng O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston milliy akademik drama teatri aktyori Xamid Toshpulatov bayram tabrigini yo’lladilar. So’zga chiqqanlar muhtarama ayollar, professor-o’qituvchilar, Toshkent tibbiyot akademiyasining faxri bo’lmish ziyoli opa-singillar, tibbiyot ravnaqiga munosib hissa qo’shib kelayotgan xodimalar haqida iliq fikr bildirdilar. Undan so’ng muhtarama ayol professor-o’qituvchilar estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Taqdirlanganlar orasida kafedramiz professori, ustozimiz Alixodjayeva Gulnora Alautdinovna alohida o’rin oldilar. Undan so’ng bayramona konsert dasturi o’tkazildi.

This post is also available in: Russian English

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.