Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 8-mart Xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi

Bir haqiqat ayonki, har qanday xalqning ma’naviy darajasini avvalo shu yurt ayollarining ma’naviy saviyasi belgilaydi.

 SH.M.MIRZIYOYEV

 

2022 yil 3 mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi anjumanlar zalida 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Mehringiz va matonatingiz oldida ta’zimdamiz ayollar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni ochib berish va tabrik so‘zi uchun so’z Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor Shadmanov Alisher Kayumovichga berildi. Undan so’ng Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatri aktyori, shuhrat medali sohibi Rasulxon Qodirxonov bayram tabrigi she’riy chiqishlar qildilar. Shuningdek O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston milliy akademik dramma teatri aktyori Xamid Toshpulatov bayram tabrigini yo’lladilar. Ayniqsa Toshkent tibbiyot akademiyasining “2-son Travmatologiya ortopediya XDJ va neyroxirurgiya” kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Xujanazarov Ilxom Eshkulovich va kafedramiz professori Asilova Saodat Ubayevnaning nutqlari tinglovchilarda katta taasurot va e’tibor jalb etdilar. So’zga chiqqanlar muhtarama ayollar, professor-o’qituvchilar, Toshkent tibbiyot akademiyasining faxri bo’lmish ziyoli opa- singillar, tibbiyot ravnaqiga munosib hissa qo’shishib kelayotgan xodimlar haqida iliq fikr bildirdilar.

 

This post is also available in: Russian English

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.