Akademik M.I. Perelman nomidagi Xalqaro Olimpiadaning final bosqichida ishtirok etadigan O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasini shakllantirish maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universitetida jarrohlik yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar asosida ichki saralash bosqichi o‘tkazildi.
Saralash jarayoni Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektorining 2025-yil 15-dekabrdagi 2222-sonli buyrug‘i asosida (universitet ichki tanlovi) tashkil etildi.


Saralash bosqichi 3 kun davom etdi va 2026-yil 15–17-yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi. Saralash bosqichi olipiadasida 125 jamoadan iborat 250 dan ortiq talabalar 60 ga yaqin professor o’qituvchilar qatnashdi.
Ushbu saralash olimpiadasi Jarrohlik yo’nalishidagi 24 ta kafedra, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi hamda Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etildi.


Xususan olimpiadada jarrohlik tugunlarini bog’lash, anatomiya, kraniotomiya, plastik jarrohlik, qorin bo’shlig’i jarrohligi, desmurgiya, Axill payi choki, jarrohlik asboblarini bilish kabi topshiriqlar bajarildi. 3 kun davom etgan qizg’in olimpiadada TDTU 2-son Travmatologiya, ortopediya, HDJ va neyroxirurgiya kafedrasining “Surgitas” jamoasi 5 ta nominatsiyada sovrindorlar o’rtasidan joy oldi.
Kafedra jamoasini tayyorlashda katta xissa qo’shganlar qatorida kafedramiz mudiri t.f.d. Xujanazarov I.E., dotsentlar Qosimov A.A. va Axmediyev T.M., o’quv ishlariga mas’ul Boboyev B.A., assistent Amonov A.A. larga minnatdorchilik bildiramiz.





