2023 yilning 16-20 oktyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan «Kreativ ta’lim va innovatsiya – yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi» shiori ostida «InnoWeek-2023» innovatsion g’oyalar haftaligi bo’lib o’tdi

Mazkur haftalikning bosh maqsadi – xorijiy va milliy ekspertlar, tahlilchilar o’rtasida yangi O’zbekistondagi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi islohotlar, ularning mohiyati, mamlakatimizda vujudga kelayotgan mutlaqo yangi innovatsion rivojlanish sohasidagi ustuvor vazifalar to’g’risida fikr almashishdan iborat.

Haftalik doirasidagi tadbirlarda 20 dan ziyod mamlakatdan 250 dan ortiq oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasi bo’yicha ekspertlar ishtirok etdi. Janubiy Koreya, Germaniya, Malayziya, Rossiya hamda Eron Islom Respublikasi kabi mamlakatlarning 90 ga yaqin innovatsion korxonalari jalb etildi.

Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, bu yilgi «Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi» shiori ostida tashkil qilingan haftalik «Yoshlar», «Startaplar», «Ilm-fan va tijoratlashtirish», «Kreativ ta’lim» yo’nalishlarida tashkil qilindi.

Bir hafta davomida talabalar shaharchasidagi «Alpomish» muz saroyida «InnoWeek 2023» innovatsion mahsulotlar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Ko’rgazmada «Ilm-fan va tijoratlashtirish loyihalari», «Yoshlar akademiyasi», «Startap loyihalar», «Kreativ ta’lim» va «Xorijiy davlatlar» stendlarida 150 ga yaqin tashkilotlar 200 dan ziyod innovatsion mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Bundan tashqari, vazirlik binosining ko’rgazmalar zalida kuzgi tijoratlashtirish forumi doirasida ko’rgazma tashkil etildi. Unda bahorgi tijoratlashtirish forumida tanlov orqali saralab olingan, tarmoq muammosi yechimiga qaratilgan tijoratlashtirish hamda startap loyihalari ishtirok etdi.

16 oktyabr kuni Inno texnoparkda O’zbekiston-Eron ishbilarmonlar forumi hamda vazirlik binosida Eron va O’zbekiston o’rtasida innovatsiyalar va texnologiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha quyi qo’mita yig’ilishi o’tkazildi.

17 oktyabr kuni haftalikning rasmiy ochilish marosimi tashkil etildi.

«InnoWeek-2023» xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligining birinchi kuni – «Yoshlar kuni»da MDH davlatlari yosh olimlarining «Yoshlar innovatsiya tarafdori» shoiri ostidagi birinchi Kongressi tashkil etildi. MDH davlatlari yosh olimlarining «Yoshlar innovatsiya tarafdori» shoiri ostidagi birinchi Kongressida tashkilotga a’zo Ozarbayjon, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston davlatlarining innovatsiya sohasiga mas’ul vazirliklarning yoshlar innovatsiyasi bo’yicha faoliyat yurituvchi 35 yoshgacha bo’lgan yosh xodimlari hamda yosh olim, startapchi hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi. Kongress doirasida har bir davlatda ilm-fan va innovatsion faoliyatda yoshlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar almashish, shuningdek, MDH davlatlari doirasida mazkur yo’nalishda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

18 oktyabr – haftalikning ikkinchi «Startaplar» kunida Germaniya, Janubiy Koreya, Italiya va BAA mamlakatlari ekspertlari ishtirokida «Startup Pitch», «O’zbekiston-Koreya startap kuni», «eng muvaffaqiyatli startaplar o’rtasida Demo day» tadbirlari tashkil qilindi.

Ushbu tadbirda TTA 2-son Travmatologiya, ortopediya, HDJ va neyroxirurgiya kafedrasi ham faol qatnashdi. Kafedra professori Asilova Saodat Ubaevna boshchiligidagi jamoa o’zining «Postkovid sindromini oldini olish uchun gemostaz tizimini tekshirish va prognoz qilish usuli» nomli loyixasi bilan muvaffaqiyatli qatnashdi.

This post is also available in: Russian English

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.