Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son Travmatologiya, ortopediya, harbiy dala jarrohligi va neyroxirurgiya kafedrasi xodimlari Ortiqboy G‘oyibnazarovich Ernazarov hamda Rustam Abduvasilovich Abdullayevning dissertatsiya ishlari muhokamasi ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida dissertatsiya mavzularining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda tadqiqot natijalari keng muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan ilmiy ishlarning metodologiyasi, diagnostika va davolashning zamonaviy yondashuvlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir ilmiy-amaliy jihatdan samarali o‘tib, ilmiy kengash aʼzoalri, kafedra professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar va tadqiqotchilar o‘rtasida tajriba almashish hamda ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.





