Qatnashdilar: kafedra mudiri t.f.d. Xujanazarov I.E., prof. Alixodjaeva G.A., kafedra oʻqituvchilari: dots. Qosimov A.A., Axmediev T.M., katta o’qituvchi Suvonov Oʻ.X., ass. Tashmatov Sh.N., Boboev B.A., Kazakov Sh.J., Yugay A.V., Abdusattorov X.A., Gʻofurov S.K., Amonov A.A., Shamuratov Z.Sh., texnikum maʼmuriyati, ustozlar va oʻquvchilar.
Soʻzga TDTU Travmatologiya, ortopediya, HDJ va neyroxirurgiya kafedrasi mudiri t.f.d. Xujanazarov I.E. chiqib, TDTU hayoti, shifokorlik fidokorlik kasbi ekanligi, texnikum oʻquvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichlarini oshirish, fan olimpiadalari, bilimlar bellashuvi va mutaxassislik tanlovlarida ishtirok etish xamda ustoz-shogird tizimini yoʻlga qoʻyishda amaliy ishlar toʻgʻrisida gapirdilar.

Soʻngra kafedra ishlariga maʼsul B.A. Boboev oʻquvchilarga neyrojarroxlik asoslari boʻyicha maʻruza oʻqidilar.
Soʻzga chiqqan texnikum direktori oʻquvchilariga yaratilgan sharoitlar, kasbga yoʻnaltirish uchun oʻquvchilar qiziqishiga qarab TDTU professor oʻqituvchilari bilan uzviy muloqot va xamkorlik aloqalari toʻg’risida gapirdilar.
TDTU va kafedra hayoti, amalgan oshirilayotgan ishlar xaqida videorolik taqdim etildi. Bitiruvchi oʻquvchilar qiziqtirgan savollarga professor-oʻqituvichilardan javob olishdi.





