2023 yil 28-29 aprel kunlari Travmatologiya va ortopediya bo’yicha yetakchi xorijiy mutaxassislarning navbatdagi tashrifi bo’lib o’tdi

2023 yil 28-29 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasi Sog’liqni saqlash vazirligi R.R. Vreden nomidagi ilmiy tibbiyot tadqiqot markazining yetakchi mutaxassislari qatorida markaz direktori RASHID MURTUZALIYEVICH TIXILOV va mintaqalar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari SHUBNYAKOV IGOR IVANOVICH va AQSh Sent-Lyuis universiteti tibbiyot maktabining ortopediya kafedrasi professori JOLDAS MURADOVICH KULJANOV lar TTA Travmatologiya, ortopediya, HDJ va neyroxirurgiya kafedrasi va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida navbatdagi ilmiy-amaliy tashrifi bo’lib o’tdi.

Mutaxassislar tomonidan birlamchi endoprotezlashdan keyingi asoratlar, revizion endoprotezlash, son suyagi boshchasining yuqori dislokatsiyasida endoprotezlash, endoprotezlashning og’ir holatlari, kattalardagi tug’ma son boshchasi dislokatsiyasida endoprotezlash bo’yicha maslahatlar, mahorat darslari va ko’rgazmali jarrohlik aralashuvlarini o’tkazdilar. Shuningdek, TTA 2-davolash fakultetining 407 va 408 guruh bakalavriyat talabalari, klinik ordinatorlar va magistrlarga tegishli mavzularda ma’ruzalar o’qildi.

Kafedra jamoasi ushbu ilmiy-amaliy va o’quv tadbirni yuqori darajada tashkil etish va o’tkazishda faol ishtirok etganlarga chuqur minnatdorlik bildiradi.

This post is also available in: Uzbek Russian

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.